Sankt-Peterburg shahrida Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Ishga marhamat” moslashuv markazi ochildi
Markazni ochish masalasi Oʻzbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat masalalari boʻyicha agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 17-avgust kuni tashqi mehnat migratsiya masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlarini bajarish doirasida ishlab chiqildi.
Markazning asosiy vazifalari Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ushbu mamlakatga moslashishi uchun huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish, til boʻyicha oʻquv dasturlari tashkillashtirish, turli tadbirlar (seminarlar, tushuntirish ishlari, maʼruzalar va b.) oʻtkazishdan iboratdir.