YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2023-yil 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade bilan uchrashdi.
M.Mammedzade O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida jamiyat hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi.
Bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, maktabgacha va maktab ta’limini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishda O‘zbekiston va YUNISEF o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. YUNISEF vakili Termiz shahridagi xalqaro ko‘p funksiyali transport va logistika xabining Afg‘onistonga yuklarni yetkazib berishdagi muhim rolini qayd etdi.
Shuningdek, turli daraja va shakllarda o‘tkaziladigan qo‘shma tadbirlarning tashkiliy jihatlari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.