Shveysariya Elchisi bilan uchrashuv
2023-yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Shveysariya Konfederatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Obolenskiyni qabul qildi.
Uchrashuvda oʻzaro manfaatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlash boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi, 2023-yilga moʻljallangan oʻzaro hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.
Iqtisodiyotdan tortib, madaniyat yo‘nalishgacha bo‘lgan barcha sohalarda hamkorlik uchun mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish muhimligi qayd etildi.
Ikki davlat oʻrtasida xalqaro va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi muloqot muvaffaqiyatli kechgani alohida taʼkidlanib, tomonlarning oʻzaro hamkorlikning ushbu sur’atini kelgusida ham davom ettirishga intilishi tasdiqlandi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish, parlamentlararo muloqotni faollashtirish, qoʻshma tadbirlar va yuqori darajadagi tashriflar tashkil etish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy bazasini kengaytirish yuzasidan ham fikr almashildi.