O‘zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi Tataristonda bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosarlari Sh.Hidoyatov va D.Adilov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 26-27 yanvar kunlari Tatariston Respublikasida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan delegatsiyaning Innopolis shahridagi zamonaviy IT-mutaxassislari tayyorlaydigan “Innopolis” maktabiga tashrifi tashkil etildi.
Shuningdek, mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari Innopolis shahrida joylashgan universitetning o‘zbekistonlik talabalari bilan ham uchrashdilar. Ushbu taʼlim dargohida yurtimizdan kelgan 20 nafar talaba tahsil olmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Innopolis shahri meri R.Shagaleyev va oliy o‘quv yurti rahbariyati hamrohlik qildi.