Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida
2023-yil 30-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston TIV rahbari Elchini oy taqvimiga koʻra Yangi yil (“Sollal”) bilan tabrikladi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Janubiy Koreya munosabatlari misli koʻrilmagan darajada alohida strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgani qayd etildi.
2023-yilda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Turli darajadagi boʻlajak izchil qoʻshma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.