Bosh konsulxonaning axboroti
Ayni paytda Bosh konsul Fariddin Nasriev videomurojaat qilgan Qozon Davlat Tibbiyot Universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashmoqda.
Uchrashuvda universitetning birinchi prorektori Laysan Muxaryamova va chet ellik talabalar bo‘yicha dekani Yelena Koshpayeva ham ishtirok etmoqda.
Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan talabalar uchun o‘zbek milliy taomi – palov taomi bilan tushlik tashkil etildi.