Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Udmurt Respublikasining “ASPEK-Interstroy” MCHJda vaqtincha mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz hamda oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan vatandosh-talabalar bilan uchurashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari yurtimizning zamonaviy taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar, keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, taʼlim, sport va turizm sohalaridagi loyihalar haqida maʼlumot berdi.
Yurtdoshlarining yashash va ish sharoitlari o‘rganildi hamda ularga konsullik-huquqiy maslahatlar berildi.
Shuningdek, Udmurt davlat universiteti, Ijevsk davlat texnik universiteti, Udmurt davlat agrar universiteti, Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan o‘tkazilgan suhbatda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga doir dolzarb maʼlumotlar taqdim etildi.
Tadbirlar doirasida vatandoshlarimizga mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohot va Bosh qomusimizga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berildi.