Qozon federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo aloqalar institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev Qozon federal universitetining Filologiya va madaniyatlararo aloqalar institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Tadbirni tashkil etishda yordam bergani uchun institut rahbariyatiga minnatdorlik bildirildi. Yig‘ilganlarga mamlakatimizning zamonaviy taraqqiyoti, keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi natijalar, ta’lim, sport va turizm sohalaridagi loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Talaba-vatandoshlarimizga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohot, Bosh qomusimizga kiritish uchun taklif etilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi vakillari tadbir doirasida Filologiya va madaniyatlararo aloqa institutida tashkil etilgan o‘quv jarayoni bilan ham tanishdi.
O‘zbekistonlik talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.