TISBI menejment universitetida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nasriyev TISBI menejment universitetining xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda UNESCO Associated Schools tarmog‘ining Rossiyadagi milliy koordinatori, “TISBI” menejment universiteti prezidenti N.Pruss va universitet rektori D.Polyakov ishtirok etdi.
Bosh konsul tadbirni tashkil etishda yordam bergani uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot darajasi haqidagi maʼlumotlarni ishtirokchilar eʼtiboriga taqdim etdi.
Yurtdoshlarimiz mamlakatimizda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlar va Asosiy Qonun loyihasiga taklif etilayotgan yangi normalar mazmun-mohiyati bilan tanishdi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda vatandosh-talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatdan javob oldi.