Qozon shahrida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Bosh konsuli Fariddin Nasriyev Qozon federal universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda mazkur fakultet dekanining o‘rinbosari Rustem Davletgildeyev ishtirok etdi.
Bosh konsulxona vakillari uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston rahbariyati tomonidan hayotga tadbiq etilayotgan muhim islohotlar va ularning samaralari, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan konstitutsiyaviy islohot mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlab berdi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi.