Генконсул Узбекистана встретился с соотечественниками, обучающимися в Казани
Mamlakatimiz Bosh konsulligi tomonidan Qozon federal universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv uyushtirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda O‘zbekiston Bosh konsuli F.Nariyev, Qozon federal universiteti prorektori T.Alishev va Tatariston o‘zbeklar milliy-madaniy avtonomiyasi raisi A.Abdusatarov o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Uchrashuv chog‘ida o‘zbek diplomati ushbu tadbirni tashkil etishda ko‘rsatgan ko‘magi uchun universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildirgani barobarida mamlakatimizda izchillik bilan hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot darajasi haqidagi fikrlarini ham o‘rtoqlashdi. Shu o‘rinda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyatiga ham alohida eʼtibor qaratdi.
Uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi.