O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay‘at yig'ilishi to'g'risida
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov raisligida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, TIV bo‘linmalari va Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Videokonferensaloqa orqali yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham qatnashdilar.
Hay’at yig‘ilishi kun tartibiga muvofiq, TIV tizimining kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan madaniyat, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm, gumanitar aloqalar sohalaridagi hamkorligiga doir dolzarb vazifalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi qonuniy huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, vatandoshlar bilan aloqalar yo‘nalishlarida Vazirlik va xorijiy muassasalar faoliyatini har tomonlama jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.