BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi o'z ishini boshladi
2022-yil 20-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralari boshlandi.
Tadbirda Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
O'zbekiston delegatsiyasi rahbari 24-sentabr kuni so'zga chiqadi.