Belarus tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to'g'risida
2022-yil 22-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbatda asosiy e'tibor ikki mamlakatning xalqaro institutlar, birinchi navbatda Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligiga qaratildi.
O'zbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari ham ko'rib chiqildi. Tomonlarning siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.
Ochiq va amaliy ishbilarmonlik muhitida o'tgan subhat yakunda tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo'yicha doimiy muloqot olib borishga kelishib olindi.