J.Borrel bilan telefon orqali suhbat haqida
2022-yil 4-iyul kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi.
O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Joriy yil mamlakatimizda o’tkazilishi kutilayotgan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi o'zaro bog'liqlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash bo'yicha vazirlar konferensiyasi hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.
Yevropa tomonining 2022-yil 25-26 - iyul Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Afg'oniston bo'yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida e'tibor qaratildi.
Yevropa tomoniga Qoraqalpog'istondagi mavjud holat, vaziyatni beqarorlashtirishga yo'l qo'ymaslik, hududda tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi.