“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan ilmiy-amaliy tajribaga ega olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va turli soha ekspertlarini, xususan, vatandoshlarni O‘zbekistonda ishga taklif qiladi.
2022 yilning mart-aprel' oylarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan respublikamizning 110 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlarining xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan ilmiy-amaliy tajribaga ega olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va turli soha ekspertlari, xususan, vatandoshlarga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganildi.
Mamlakatimiz vazirliklari, idoralari va tashkilotlari tomonidan bildirilgan ehtiyojlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qo‘yidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan ilmiy-amaliy tajribaga ega olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va turli soha ekspertlari, xususan, vatandoshlarni O‘zbekistonga turli muddat va sharoitlarda ishga taklif qiladi.
Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining telefon raqamlari +998712030051, +998712030053, +998971381306 (telegram) va info@eyuf.uz elektron aloqa manzillariga murojaat qilishingiz mumkin. Biz sizning nomingizdan mamlakatimiz vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan muloqotni tashkil etib beramiz.
Umid qilamizki, xorijdagi malakali ekspertlar, xususan, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz orasidan olimlar, mutaxassislar, tadqiqotchilar va investorlar O‘zbekistonda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirok etishni rejalashtirmoqdalar.