O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va P.I Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi hamkorligida madaniy dastur taqdim etildi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 85 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur madaniy tadbir ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari ko‘magida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi va Zamonaviy musiqa markazi tomonidan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.
Yangi musiqa studiyasi ansambli va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi musiqachilari ishtirokidagi dastur namoyishi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Igor Dronov dirijyorligida o‘tdi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi vakillarining anʼanaviy nay va chang, skripka, violonchel, fleyta, oboy, klarnet, bassun, fransuz shoxi, karnay, trombon, fortepiano, Arfa, gitara, kontrabas singari musiqa asboblari jo‘rligida ijro etilgan asarlar mazkur dasturdan joy oldi. Unda Farruh Akromov, Xurshida Hasanova, Jahongir Shukur, Artyom Kim, Dmitriy Yanov-Yanovskiy, Nurali Erkayeva, Oydin Abdullayeva, Sherzod Sobirovning kompozitsiyalari ijro etildi.