Bosh Qomusimiz - O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va erishilayotgan yutuqlari ifodasi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan Qozon shahridagi Fundamental tibbiyot va biologiya institutida o‘zbekistonlik talabalar ishtirokida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Bosh konsul Fariddin Nasriyev tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz yilligi bilan tabriklab, Bosh qomusimiz tarixi haqida so‘zlab berdi. U O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi, erishilayotgan yutuqlariga konstitutsiyamiz asos bo‘layotganini taʼkidladi.
Ishtirokchilariga, shuningdek, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, so‘nggi yillarda erishilgan ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot darajasi haqidagi dolzarb maʼlumotlar taqdim etildi.
O‘z navbatida, institut rahbariyati o‘zbekistonlik talabalarning yuqori akademik ko‘rsatkichlari, ularning ijtimoiy faolligini qayd etdi, shuningdek, vatandosh-talabalar bilan ishlashda ko‘rsatilayotgan eʼtibor va ko‘mak uchun Bosh konsulxonaga minnatdorlik bildirdi.
Maʼlumot uchun: joriy yil 9 dekabr kuni Cheboksari shahridagi «Halqlar do‘stligi» uyida O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusiga asosan mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan maʼdaniy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.